8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tuman hokimligida bayramona tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda jamiyat rivojiga, mahalla hayotiga hamda turli sohalarda fidokorona mehnat qilib kelayotgan bir guruh xotin-qizlar munosib taqdirlandi.Bayram tadbirida tuman hokimi Behzod Raxmatullayev so‘zga chiqib, barcha ayollarni samimiy tabrikladi. U o‘z nutqida xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, oiladagi mehr-muhabbati va mehnatdagi fidoyiligi har doim yuksak qadrlanishini ta’kidladi.
Tadbir davomida turli sohalarda samarali faoliyat yuritib, tuman ravnaqi va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan xotin-qizlarga faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirildi. Ularning mehnati, tashabbuskorligi hamda fidokorona xizmatlari alohida e’tirof etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram | 📹 Youtube

комментариев