» » Toyloq tumanida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Toyloq tumanida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Mazkur bayram tadbiri tumanimizda faoliyat yuritayotgan turli soha vakilalari, fidoyi opa-singillar, onaxonlar hamda keng jamoatchilik ishtirokida yuqori kayfiyatda o‘tkazildi. Bayram tadbirida mas'ullar tomonidan tuman hokimi Behzod Raxmatullayevning xotin-qizlarga  yo'llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.
Bayram dasturida tumanimizning istedodli san’atkorlari, yosh ijodkorlar hamda tumanimiz madaniyat sohasi vakillari tomonidan ijro etiladigan kuy-qo‘shiqlar bayramga yanada fayz bag‘ishladi.
Yurtimizda xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va ehtiromning yana bir yorqin ifodasi bo‘lgan ushbu bayram tadbiri toyloqlik ayollarga bo‘lgan hurmat va e’zoz naqadar ulug‘ ekanini yana bir bor namoyon etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram | 📹 Youtube

комментариев