» » “Prokuror va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi

“Prokuror va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi

Toyloq tuman prokurori U.H.Oqbutayev ishtirokida tumandagi faol hamda otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida joriy yilning 24-fevral kuni muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan muloqotida bildirilgan muhim fikr va tashabbuslari atroflicha sharhlandi.

Shuningdek yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, mas’ul tashkilotlar faoliyatida ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotgani ta’kidlandi. Yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish, ularning bandligini ta’minlash hamda jamiyatda munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashish muhim vazifa ekani qayd etildi.

Uchrashuv yakunida yoshlar bandligini oshirish hamda ularning muammolarini hal etishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

комментариев