» » “TexnoBus” texnologik mobil taʼlim platformasi tumanimizda

“TexnoBus” texnologik mobil taʼlim platformasi tumanimizda

 Barchamizga ayonki, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan respublikaning har bir hududida bosqichma-bosqich Yoshlar texnoparki tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Va iqtidorli yoshlar jamoasini shakllantirish maqsadida “TexnoBus” taʼlim platformasi ishlab chiqilgan.
       O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tashabbusi bilan “TexnoBus” texnologik mobil taʼlim platformasi tumanimizda bo‘lib, atrofiga qiziquvchi yoshlarni yig‘ishga va yoshlar hayotiga texnologiyalarni kirib kelishini taʼminlashga o‘z xissalarini qo’shishdi. 
Bugun tumanimizda innovatsiyalarni targ‘ib etish uchun safarga otlangan avtobus 100 nafar yoshlarni qamrab oldi.  
 Yoshlar "TexnoBus"ning imkoniyatlari va afzalliklari bilan tanishtirildi. Robototexnika bo‘yicha ilk saboqlar, bazaviy mashg‘ulotlar hamda mahorat darslari o‘tildi.
 Uchrashuv yakunida iqtidorli va sohaga qiziqishi baland bo‘lgan bir guruh yoshlarga DEVISER elektronika konstruktorlari sovg‘a qilindi.

комментариев