» » Diniy ekstrimizmga qarshi kurash – dolzarb vazifa

Diniy ekstrimizmga qarshi kurash – dolzarb vazifa

Maʻlumki, O'zbekiston davlati mustaqillikning ilk kunlaridanoq oʻzining dinga munosabatini aniq va qat’iy belgilab oldi. Davlatning dinga munosabati “Inson e’tiqodsiz yashay olmaydi”, “Dunyoviylik – dahiylik emas” degan aniq tamioyillar asosida belgilandi. Bu tamoyil bosh qomusimiz Konstitusiya hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonunda oʻzining huquqiy ifodasini topgan. Diniy tashkilotlar qaysi konfessiyaga taaluqliligidan qatiy nazar, faoliyat borasida bir hil huquqqa egadirlar. Ushbu diniy tashkilotlarning emin-erkin faoliyat olib borayotgani ham yurtimizda hukm surayotgan diniy bagʻrikenglikning amaliy ifodasidir.
Bugungi kunda dinga boʻlgan qiziqishning kuchayib borishi globallashuv jarayonlarining oʻziga xos intiqosi deyish mumkin. Zero globallashuv dunyoni bir butun va yaxlit qila borishi bilan bir qatorda, uning hosilasi sifatida alohida olingan millat va jamiyatlar darajasida oʻz-oʻzini anglashga boʻlgan intilishning chuqurlashuvi ham zamin yaratmoqda.
Afsuski, komunikassiya va information tehnologiyalarning tez suratlardagi taraqqiyoti gʻoyaviy tasir oʻtkazish imkoniyatlarning kengayishiga turtki boʻlib, geosiyosiy maqsadlarga boʻysindirilgan, inson qalbi va ongi uchun kurashlarning yangidan-yangi usul va vozsitalarining koʻpayib borayotgabi, ayniqsa, bu borada din omilidan foydalanishga urinishlarda yaqqol namoyon boʻlmoqda. Aksariyat holatlarda ushbu kurash qurolli tus olib, koʻplab xalqlarning boshiga fojiali kunlarni solmoqda.
Siyosiy hokimiyatga intilayotgan, diniy shiorlarni niqob qilib olgan aqidaparast oqimlar Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan Oʻzbekistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatga salbiy tasir oʻtkazishga harakat qilmoqda.
Soʻngi yillarda “jihodchilar”, soxta “salafiylar” kabi diniy-siyosiy guruhlar, shuningdek “Xizbut taxrir” diniy –ekistrimistik guruhi respublikamizda faol harakat qilishga urinmoqdalar.
Soʻngi yillarda mutassib oqimlar yoshlar ichidagi faoliyatini xorijiy mamlakatlardagi mehnat migrantlarini ta'sir doirasida olish, “Internet” orqali targʻibot oʻtkazish, oila a’zolari, yaqinlari va qoʻshnilarini oʻz guruhiga tortish, yashirin “xujralar” tashkil etish, diniy ekistremistik mazmundagi materiallarni bosma, elektron koʻrinishda tarqatish kabi usullarda amalga oshirmoqda.
Tinchlikni asrash xushyorlik va ogohlik talab qiladi. Shu nuqtai nazardan, globallashuv jarayonlari shiddatli tus olgan hozirgi zamonda xalqimizda, ayniqsa yoshlarda milliy gʻurur, iftixor, tuygʻusini yanada chuqurroq shakillantirish, yot gʻoyalardan saqlovchi mafkuraviy immunitet shakllantirish Oʻzbekistondek buyuk Vatanimiz kelajagiga oʻzini ma’sul hisoblovchi barcha yurtdoshlarimizning, shu jumladan, diniy soha xodimlarining muhim vazifasi boʻlib qoladi.
Sh.Sh. Sharofjonov
Samarqand harbiy prokurorining 
                           yordamchisi, adliya leytenant.                           

комментариев