» » Qishloq patronaj punktida tibbiy ko‘rik o‘tkazildi

Qishloq patronaj punktida tibbiy ko‘rik o‘tkazildi

Bugun Toyloq tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Sochaki-poyon QPPda tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikaning tor soha mutaxassislaritomonidan hudud aholisi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.
        Tadbirning asosiy maqsadi — aholining sog‘lig‘ini muntazam nazorat qilish, kasalliklarni erta bosqichda aniqlash va oldini olishdir. Ko‘rik davomida terapevt, kardiolog, oftalmolog, stomatolog, nevropatolog kabi mutaxassislar bemorlarni qabul qilib, zarur maslahatlar berdi.
        Shuningdek, qon bosimi, qon tahlillari, yurak faoliyati hamda boshqa ko‘rsatkichlar tekshirildi. Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra, sog‘ligida muammosi aniqlangan fuqarolarga davolanish bo‘yicha tavsiyalar berildi va kerakli hollarda yuqori bosqichdagi davolash muassasalariga yo‘llanmalar rasmiylashtirildi.

⭕️Boshqa yangiliklar👇
Telegram | Instagram | Facebook

комментариев