"Men donorman"

Tuman tibbiyot birlashmasida "Men donorman" aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda ko‘p yillardan beri beg‘araz donorlik qiluvchi fidokorlarimiz: KTMP lor-vrachi Lutfullo Bozorov, teri kasalliklari shifokori Toliba Lutfullayeva, reanimatsiya bo‘limi katta hamshirasi L. Gʻafurova, Madaniyat MFYda istiqomat qiluvchi O‘tkir Adilov kabi donorlar qon topshirishdi.
Qiyot qishlog‘i fuqarosi Tursunpo‘lat Daminov mexanizator. U 18 marotaba qon topshirib, ko‘pchilikning hayotga qaytishiga yordam berib kelayotgan olijanob insonlardan biri. Bugun u Viloyat sog‘likni saqlash boshqarmasi hamda viloyat qon quyish markazi tomonidan ,"I-darajali donor" sertifikati va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. T. Daminov kabi buyuk qalb egalari minglab insonlarning hayotga qaytishiga sababchi bo‘lishadi.

комментариев