» » Toyloqlik jasoratli yigitlar viloyatda birinchi

Toyloqlik jasoratli yigitlar viloyatda birinchi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Markaziy Kengashi tashabbusi bilan bir qator Vazirlik va idoralar hamkorligida “Tinchligimiz, taraqqiyot va farovonlik uchun!” shiori ostidagi Respublika “Ko‘pkurash” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Viloyatimizning barcha tuman shaharlarida tashkil etilgan “Ko‘pkurash” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan mard, jasur va shijoatli yoshlardan tuzilgan 16 ta jamoa shartlar bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.
Yakuniy natijalariga ko‘ra:
1-o‘rinni Toyloq tuman 1-son kasb-hunar maktabining - "Jasorat" jamoasi;
2-o‘rinni
Jomboy tuman 2-son kasb-hunar maktabining - "Qalqon" jamoasi;
3-o‘rinni
Narpay tuman 2-son kasb-hunar maktabining - "Qalqon" jamoasi qoʻlga kiritdi.
Gʻolib jamoalar hamda faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
G'olib jamoaga musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanma topshirildi.

комментариев