
Bugun Toyloq tumanidagi Milliy gavardiya 69932-sonli harbiy qismida “4-avgust – O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi tashkil topgan kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimi Behzod Raxmatullayev, tuman prokurori, tuman IIB boshlig'i hamda soha mas'ullari bayram munosabati bilan harbiy qism xodimlarini tabriklab, soha vakillarini yurtimizdagi tinchlik-barqarorlikni, jamoat xavfsizligini saqlash yo‘lidagi fidoyi xizmatlarini alohida e’tirof etdi.
Shundan so‘ng, sohada namunali xizmat ko‘rsatgan Milliy gvardiya tizimi xodimlari tuman hokimligining sovg‘alari bilan taqdirlandi.
✅Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇 🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram |Youtube

комментариев