» » Samarqand viloyatida akademik litseylar bitiruvchilari uchun chet tili imtihonlari boshlandi

Samarqand viloyatida akademik litseylar bitiruvchilari uchun chet tili imtihonlari boshlandi

2021-yil 25-mart kuni Samarqand iqtisodiyot va servis Instituti akademik litseyi binosida viloyatdagi akademik litsey bitiruvchi bosqich o‘quvchilarining chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari boshlandi.
Test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar, yozma ish) qismi 25-26-27-mart kunlari ikki smenada Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyi binosida o‘tkaziladi.


Bunda 1-smena 09:00 da, 2-smena 14:00 da boshlanadi. Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan joyga test sinovi boshlanishidan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat – pasport (ID-karta) bilan kelishlari lozim.


Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa aprel oyida o‘tkaziladi.


Viloyatimizdagi akademik litseylari bitiruvchi bosqich o‘quvchilarining chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910 qaroriga asosan bepul tarzda tashkil etilmoqda.

Davlat test markazi
Samarqand viloyati bo‘limi

комментариев