» » Oʻrinbosarlari va mutaxassislar uchun oʻquv seminar

Oʻrinbosarlari va mutaxassislar uchun oʻquv seminar

Tuman hokimligi majlislar zalida tuman va shaharlarning mahalla raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar boʻyicha oʻrinbosarlari va mutaxassislari uchun oʻquv seminari boʻlib oʻtdi.
Ushbu seminarda Jomboy, Bulungʻur, Toyloq hamda Samarqand tumanlaridan vakillar ishtirok etishdi.
Tadbirda Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vazirligi boshqarma boshligʻi Mukarrama Nurmatova, tuman hokimining xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Moʻtabar Yoʻldoshova, Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning tuman vakili Nodir Ergashboyev va bir qator tashkilotlardan vakillar ishtirok etishdi.
Tadbirda oilalarni mustahkamlash, oilaviy ajralishlarning sabablarini bartaraf qilish, notinch oilalardagi muhitni sogʻlomlashtirish boʻyicha manzilli ishlarni tashkil etish tartib-tamoyillari, mahallalarda qizlarning qobiliyatlarini oʻz vaqtida aniqlash, ular bilan maqsadli ishlash boʻyicha aniq tizim, oʻziga xos tajribani yaratish mexanizmlari, mahallalarda oʻzaro hurmat, mehr-oqibat hamda hamjihatlik muhitini shakllantirishda xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar boʻyicha oʻrinbosarlarning vazifalari hamda ularni amalga oshirish mexanizmlari haqida soʻz yuritildi.

Kanalga qoʻshiling:?
?@qushchinor_uz

комментариев