KО‘KNORI OSHUFTASI

 Inson yoshi о‘tgani sayin tanasining hali u yerida, hali bu yerida og‘riq seza boshlaydi. Doktorga kо‘rinadi, tabibga boradi, boshqalardan eshitganini uyda qо‘llab, о‘zicha davolanadi. Xullas kim nima desa shunga ishonib qolarkan. О‘raimov Bahodir (ism-sharifi о‘zgartirilgan) sо‘nggi yillarda oyog‘ida og‘riq seza boshladi. Shifokorga uchrashdi va davolandi. Og‘riq biroz bо‘lsada qolganday bо‘ldi. Biroq, yana og‘riy boshladi, oyoq bosishi qiyinlashdi. Kimdandir eshitgani bor. Agar “Kо‘knor”dan birozgina iste’mol qilsa, nafaqat oyoqdagi, balki boshqa a’zolardagi og‘riqlar, shamollashlar tezda bartaraf bо‘larkan. Buni eshitgan “Bahodir” bozorga borib, turli xil giyohlar sotuvchi kishidan og‘riq qoldiruvchi giyoh “kо‘knor”ni topdi. Savdolashib  quritilgan “Kо‘knori xashagi”ni olib uyga qaytdi. Izlaganini topganidan xursand “Bahodir” bir-ikki iste’mol qilgandi, oyoqdagi og‘riqlar yо‘qola boshladi. Qolganini avaylab dori-darmonlar turadigan qutiga joylab qо‘ydi. Vaqti-vaqti bilan oyoq og‘riganda iste’mol qilib turdi.Bugun esa.. Bulung‘ur tuman IIB Tergov bо‘limi ish yurituvida bо‘lgan jinoyat ishi bо‘yicha “Bahodir”ning yashash manzilida belgilangan tartibda tintuv о‘tkazildi. Tintuv harakatlari jarayonida, sudlanuvchi B.О‘raimovning yotoqxonasidagi karovat yonidan  qog‘ozga о‘ralgan va sellofan paketga qadoqlangan, giyohvand modda “opiy” alkaloidlari guruhiga kiruvchi morfin, kodein va tebain mavjud bо‘lgan “Kо‘knori xashagi” giyohvandlik о‘simligi topildi va tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi. 
Sud hay’ati, sudlanuvchi B.О‘raimovga nisbatan jazo tayinlashda О‘zbekiston Respublikasi JK 55-moddasiga asosan uning qilmishidan chin kо‘ngildan pushaymon ekanligini, yoshini, ilgari sudlanmaganligini hisobga olib, О‘zbekiston Respublikasi JK 276-moddasi, 2-qismi “a” bandi bilan 3 (uch) yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.                                                                                                         
Tо‘lqin NURALIYEV.

комментариев