
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari Qodir G‘ulomov, Muhsinjon Ashurov va viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi boshlig'i Zebiniso Shodiyeva Toyloq tumanidagi 57-sonli fizika va matematika fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida bo'lib, ta'lim muassasida o'quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Maktabda fizika fanidan o'tkazilayotgan dars jarayonlarini kuzatishdi.

Akademiklar o‘quvchilar bilan suhbatlashib, ularning fikrlari bilan qiziqishdi. Kelgusida ona Vatanimiz taraqqiyoti yo'lida halol mehnat qiladigan bilimli va komil insonlar bo'lib voyaga yetishlarida muvafaqqiyatlar tilashdi.
Uchrashuv davomida akademiklar yurtimizda o'qituvchi va murabbiylarga qaratilayotgan e'tibor va imkoniyatlar haqida so'z yuritishdi.
O'qituvchilarning taklif va mulohazalari tinglanib, "O'zbekiston fiziklar kengashi" bilan hamkorlikni kuchaytirish bo'yicha vazifalar belgilab olindi.
комментариев