POYTAXTGA SAYOHAT

Ma'lumki, Navro'z - bahor ayyomi munosabati bilan yurtdoshlarimizning mazmunli xordiq chiqarishlari va ichki tuzirimni rivojlantirish maqsadida 5 kunlik dam olish kunlari e'lon qilindi.  Ushbu imkoniyatdan Toyloq tumanidagi 4-umumta'lim maktabining o'qituvchilari va o'quvchilari ham samarali foydalanishdi. Maktabning 100 nafardan ortiq o'quvchilari va 10 ga yaqin o'qituvchilari azim Toshkеnt shahriga sayohat qilishdi. Poytaxtning diqqatga sazovor joylari va turistik manzillarini tomosha qilib, bir olam taassurotlar bilan qaytishdi.

комментариев