ZEBO TANLOV G‘OLIBLARI SAFIDA

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand viloyati bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi bayrami munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston va men” mavzusidagi rasmlar tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.                                                        Tanlovda  tumanimiz sharafini munosib himoya qilgan  eskijumalik, SamDU 2-bosqich talabasi Abdulloyeva Zebo Sanjar qizi “Yangi O‘zbekiston va men” mavzusidagi rasmi bilan faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Tanlov sovrindorini Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand viloyati bo‘limi rahbari F. Nazarov tabriklab,  sovg‘alar taqdim etdi.
                                                 Z. AVAZOV
Respublika ma'naviyat va 
ma’rifat markazi Toyloq tuman bo‘linmasi rahbari.

комментариев