
Yurtimizda havo haroratining keskin sovib ketishi natijasida Respublikamiz, jumladan hududidagi daryo, kanal va ariqlarning muzlashi kuzatildi. Shu kunlarda ayrim fuqarolarimiz hamda yosh bolalarning yuqoridagi kabi muz qoplamalari ustida konki va chanalarda sirpanchiq uchishi holatlari ham uchramoqda. Soʻnggi kunlarda havo harorati biroz iliqlashgani bilan muz qatlamlari toʻliq erib ketgani yoʻq va ularning yorilish ehtimoli juda yuqori. Bu esa oʻz navbatida muz ustida yaxmalak uchayotganlarning hayoti va sogʻligʻi uchun xavfli hisoblanadi.Tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tumandoshlarimizdan muz qatlami ustida (qalin muzlamalar) uchmaslikni, shu bilan birga yosh bolalarni nazoratsiz qoldirmasliklarini soʻraydi.
Oʻzingiz va yaqinlaringizni asrang!
Sh. XUDOYQULOV,
Tuman FVB FVDT va FM boshligʻi, kapitan.
комментариев