Bugun fuqarolik ishlari boʻyicha Toyloq tumanlararo sudining sudyasi Muxammadiyeva Yulduz Nizomitdinovna ishtirokida 21-maktabda oʻquvchi yoshlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda inson huquqlari sohasida milliy taʼlim dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ- 46-son Qarorining 12-bandiga muvofiq joriy yilning 20-28-fevral kunlari “Inson huquqlari” haftaligi doirasida “Yangi Oʻzbekiston va inson huquqlari” mavzularida oʻquvchi-yoshlarga maʼlumotlar berildi, tadbir ishtirokchilarining qiziqqan savollariga batafsil javob qaytarildi, tadbir qizgʻin tarzda boʻlib oʻtdi.
комментариев