Bugun “Nuroniy” jamgʻarmasi viloyat boʻlimi hamda viloyat “Buvijonlar maktabi” jamoasi Toyloq tumanining Ravot mahallasida joylashgan 5-umumtaʼlim maktabida boʻlishib, yuqori sinf oʻquvchilari bilan “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri oʻtkazdilar. Tadbirda shu maktabning sobiq oʻquvchisi Nargiza Yunusovaning “Hadya” nomli kitobining taqdimoti ham bo‘lib oʻtdi.
Kecha yakunida maktab kutubxonasiga kitob va jurnallar hadya qilindi. Tadbirda tuman “Buvijonlar maktabi” raisi ham bevosita ishtirok etdi.
комментариев