» » “Zulfiya” mukofoti sohibasi o‘quvchi-qizlar bilan uchrashdi

“Zulfiya” mukofoti sohibasi o‘quvchi-qizlar bilan uchrashdi

  Toyloq tuman hokimligida “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sohibasi toyloqlik Bahora Ergashova maktablarning yuqori sinf o‘quvchi qizlari bilan uchrashdi.
   Unda Toyloq tuman hokimi B. Bobonazarov tadbir ishtirokchilarini Navro‘z bayrami bilan, qolaversa, Bahorani mukofot bilan tabriklab, ezgu tilaklarini bildirdi. Tuman rahbari hamda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari Z. Avazovlar o‘z nutqlarida yurtimizda xotin-qizlarni e’zozlash, ularning jamiyatdagi nufuzini oshirishga qaratilayotgan e’tibor haqida so‘z yuritib,  qizlarni yaxshi o‘qishga, o‘z ustida ishlash, Vatan ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shadigan yetuk kadrlar bo‘lishga chaqirdi.  
     Shundan so‘ng, o‘quvchi qizlar Bahora Ergashova bilan ochiq muloqotga kirishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.
    Tadbir yakunida Bahora Ergasheva va uning ota-onasiga tuman hokimi hamda Xalq ta’limi bo‘limining sovg‘alari topshirildi.

комментариев