» » Taʼlim sohasidagi xizmatlari uchun

Taʼlim sohasidagi xizmatlari uchun


2022/26-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasining eng muhim ustuvorliklarining ijrosini taʼminlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etayotgan, salmoqli yutuqlarga erishib kelayotgan  oʻqituvchilarimizning samarali ilmiy faoliyatini munosib ragʻbatlantirish maqsadida, “Sciyentific academy of research” ilm-maʼrifat markazining tashabbusi bilan MDH davlatlari miqyosida  “Taʼlim sohasidagi xizmatlari uchun” xalqaro ilmiy-amaliy tanlovining gʻoliblarini taqdirlash marosimi joriy yilning 28-fevral kuni Toshkent shahrida oʻtkazilgan edi.
Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy tanlov taqdirlanuvchilari orasida tumanimizdagi 6-umumtaʼlim maktabning 2-toifali informatika va axborot texnologiyalari fan oʻqituvchisi Rahmonov Sherzodbek Usmon oʻgʻli ham boʻlib, “Taʼlim sohasidagi xizmatlari uchun“ esdalik nishoni va belgisi hamda “Sciyentific academy of research” ilm-maʼrifat markazining ragʻbatlantiruvchi esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi
“Taʼlim sohasidagi xizmatlari uchun“ xalqaro tanlovning taqdirlash marosimi final bosqichida, taʼlim yoʻnalishlarida qoʻlga kiritgan uch yildagi yutuqlarim, xususan,fan olimpiadasida oʻquvchilarimning Infarmatika va AT fan olimpiadasida tuman bosqichlarida 2021-2022-oʻquv yilida 9-sinf oʻquvchisi Jamshidov Jonibek faxrli 3-oʻrinni, 2022-2023-yilda 10-sinf oʻquvchisi Abduqahhorov Sanʼat faxrli 2-oʻrinni egalladi. Samarqand viloyati Kibersport musobaqasida Xalilov Shaxzod faxrli 2-oʻrin sohibi boʻldi. “Bir million oʻzbek dasturchilar“loyihasida oʻzim va shogirdlarimninig faol ishtiroki uchun sertifikatlarga ega boʻldim. Shu bilan birga“Google for education“xalqaro sertifikatlarni qòʼlga kiritganim, xalqaro va oʻzimizning taʼlim jurnallarida chop etilgan maqolalarim tufayli eʼtirof etildim“, — deydi Sherzodbek. Maktabda tashkil etilgan “Informatika saboqlari“ toʻgaragiga oʻz shogirdlarini jalb qilgan.
Biz 6-maktabning jamoasi hamkasbimizni yutuqlari bilan muborakbod etamiz. Kelajakda oʻz orzulari va maqsadlariga erishishiga, yuksak choʻqqilarni zabt etib, kelajak avlodlarga puxta bilim berish yoʻlida kuch-quvvat tilaymiz.
Surayyo XALILOVA,
6-umumtaʼlim maktabi ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi.

комментариев