» » YOSHLARGA ETIBOR – KELAJAKKA EʼTIBOR

YOSHLARGA ETIBOR – KELAJAKKA EʼTIBOR


Bu borada joriy yil 15-martda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonunda qanday yangiliklar bor?
Hujjatdan koʻzlangan asosiy maqsad –bolalarni  xorij hududida zarur darajadagi vasiylik va homiyliksiz qoldirilishining oldini olish, ularning huquq va, erkinliklarini  himoya qilish  edi. Ushbu qonun bilan bir qator normativ huquqiy hujjatlarga, jumladan: Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslariga tegishli oʻzgartishlar kiritilmoqda. Xususan, bolalarni xorijiy mamlakatlar hududida nazoratsiz qoldirganlik uchun javobgarlik belgilanishi nazarda tutilmoqda Ushbu Qonunning 4-moddasiga muvofiq, “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonun quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilishi belgilangan.
“Bolani ota yoki ona yoxud ularning oʻrnini bosuvchi shaxs tomonidan chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish, yani ota-onaning, ular ornini bosuvchi shaxsning bolaga taminot, tarbiya va talim berish boyicha oz majburiyatlarini bajarishdan boyin tovlashi yoxud hamrohlik qiluvchi shaxsning oz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi, shu jumladan bolani oz ota-onasiga yoki yaqin qarindoshlariga yoxud Oʻzbekiston Respublikasi hududida taqiqlanmagan va tegishli davlatning qonunchiligiga binoan zarur vakolatlarga ega bolgan tashkilotga topshirmasdan qoldirish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi”;
Qonunda belgilangan yuqoridagi kabi yangiliklar bilan tuman “Qoʻshchinor” gazetasining kelgusi sonida chop etiladigan maqola orqali kengroq tanishishingiz mumkin. 
Sanjar  Choʻliyev,
tuman adliya boʻlimi boshligʻi,
 Ikkinchi darajali adliya maslahatchisi.

комментариев