
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Markaziy Kengashi tashabbusi bilan bir qator Vazirlik va idoralar hamkorligida “Tinchligimiz, taraqqiyot va farovonlik uchun!” shiori ostidagi Respublika “Ko‘pkurash” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Viloyatimizning barcha tuman shaharlarida tashkil etilgan “Ko‘pkurash” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan mard, jasur va shijoatli yoshlardan tuzilgan 16 ta jamoa shartlar bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.
Yakuniy natijalariga ko‘ra:
1-o‘rinni Toyloq tuman 1-son kasb-hunar maktabining - "Jasorat" jamoasi;
2-o‘rinni Jomboy tuman 2-son kasb-hunar maktabining - "Qalqon" jamoasi;
3-o‘rinni Narpay tuman 2-son kasb-hunar maktabining - "Qalqon" jamoasi qoʻlga kiritdi.
Gʻolib jamoalar hamda faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

G'olib jamoaga musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanma topshirildi.
комментариев