» » KORRUPSIYA – TARAQQIYOT KUSHANDASI

KORRUPSIYA – TARAQQIYOT KUSHANDASI

 Soʻnggi yillarda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yoʻnaltirilgan tizimli choralar koʻrilmoqda.Korrupsiya soʻzi “lotin tilidan olingan boʻlib, “buzish” – “yemirilish” degan maʼnolarni anglatadi.
Korrupsiya - har bir millatning eng jirkanch illatlaridan hisoblanadi. Korrupsiya mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga, fuqarolarning huquq va erkinliklarining buzilishiga, ulardagi davlat boshqaruvi organlariga nisbatan ishonchsizlikning paydo boʻlishiga olib keladi.
Shundan kelib chiqqan holda, iqtisodiyotni yanada oʻstirish, xalq farovonligini oshirish, mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal etish muhim ahamiyatga ega. Bu esa korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha yangi tizimli choralar koʻrilishini taqozo qilmoqda.
Aslida korrupsiya biror mansabdor shaxsning qonunchilik va axloqqa zid ravishda oʻzining boshqaruv vakolatlari va huquqlaridan shaxsiy manfaatlar maqsadida foyda olishidir.
Jamiyatimizni korrupsiyadan saqlashimiz uchun avvalambor, fuqarolar ongida huquqiy madaniyatni oshirish lozimligi, bunda davlat organlari va tashkilotlar xodimlarini, taʼlim muassasalarida oʻquvchi va talabalarni huquqiy ongini yuksaltirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilanishi, xuquqiy taʼlim sohasidagi mutaxasislarni kasbiy tayorlashning sifatini yaxshilash hamda doimiy ravishda takomillashtirilib  borishiga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish ayni muddaodir.
Bugun har bir davlat xizmatchisi va huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari xodimlarining feʼl-atvoriga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga boʻysunish va ularni hurmat qilish odobini singdirib borish oʻta muhim vazifadir. Jamiyatimizda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash olib borilayotgan hozirgi davrda fuqarolarning huquqiy bilimi va ongini oshirish, qonunlarga hurmatsizlik qilgan shaxslar toʻgʻrisida asoslantirilgan koʻrsatuvlar, eshittirishlar tashkil qilish, maqolalar chop etib borish, ularning qilmishi notoʻgʻri ekanligini taʼsirchan vositalar orqali koʻrsatib berish, albatta, oʻz samarasini beradi.
Toyloq tuman sudlari ham tumandagi korxona muassasalari, tashkilotlarida hamda oʻquv muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida huquqiy targʻibot ishlarini olib borilmoqda.
Qachonki adolat ustuvor boʻlgan mamlakatda  taraqqiyot, xalq farovonligi, islohotlar samarasi taʼminlanadi. Biroq, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar ana shu hududda yashab turgan jamiyat yaratgan tizimning nosogʻlom yashashida namoyon boʻladi.
Xulosa qilib aytganda, korrupsiyaga qarshi kurashishga doir qabul qilanayotgan normativ hujjatlar nafaqat korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmi mustahkamlanishini, balki har bir rahbar, har bir fuqaroning oʻziga yuklatilgan vazifani sidqidildan, halol ado etishini, shu bilan birga, jamiyatdagi muhit, aholining huquqiy bilimi, madaniyat darajasi, maʼnaviyati, uyushqoqligi va jamoat faolligi pastligi kabi omillarga barham berishni talab etadi.
O. Allayev
Jinoyat ishlari boʻyicha Toyloq tuman
sudining raisi.

комментариев