» » Inson huquq va erkinligining himoya qilinishining huquqiy asosi

Inson huquq va erkinligining himoya qilinishining huquqiy asosi

Yangi O‘zbekistonning huquqiy demokratik davlat, inson huquq va erkinligining himoya qilinishi huquqiy asoslari, qonunchilikda yanada rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, O‘zbekistonda Yangi Konstitusiya bo‘yicha referendum joriy yilning 30 aprel kuni o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining muqaddimasida xalqimizning demokratiya g‘oyalariga, ijtimoiy adolat, erkinlik va tenglik kabi qadriyatlarga sodiqligi ifoda etilgan. Ijtimoiy adolat tamoyili mamlakatimizda jamiyat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini belgilab beradi. Masalan, sud xulosasi chiqmasdan hech kim aybdor hisoblanmaydi. Bu aybsizlik prezumsiyasining bir ko‘rinishi sifatida xizmat qiladi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 30-31-moddalariga ko‘ra, hech kim rasmiy e’lon qilinmagan qonun asosida hukm qilinishi, jazoga tortilishi, mol-mulkidan yoki biron-bir huquqidan mahrum etilishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30-moddasida  Hech kim rasmiy e’lon qilinmagan qonun asosida hukm qilinishi, jazoga tortilishi, mol-mulkidan yoki biron-bir huquqidan mahrum etilishi mumkin emas. Hech kim ayni bir jinoyat uchun takroran hukm qilinishi mumkin emas.
31-moddasida Har bir inson shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega bo‘lish, o‘z sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga ega.
Har kim yozishmalari, telefon orqali so‘zlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega. Ushbu huquqning cheklanishiga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan  yo‘l qo‘yiladi.
Har kim o‘z shaxsiga doir ma’lumotlarning himoya qilinishi huquqiga, shuningdek noto‘g‘ri ma’lumotlarning tuzatilishini, o‘zi to‘g‘risida qonunga xilof yo‘l bilan to‘plangan yoki huquqiy asoslarga ega bo‘lmay qolgan ma’lumotlarning yo‘q qilinishini talab qilish huquqiga ega.
Har kim uy-joy daxlsizligi huquqiga ega.
Hech kim uy-joyga unda yashovchi shaxslarning xohishiga qarshi kirishi mumkin emas. Uy-joyga kirishga, shuningdek unda olib qo‘yishni  va ko‘zdan kechirishni o‘tkazishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yo‘l qo‘yiladi. Uy-joyda tintuv o‘tkazishga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi.
O. Allayev, 
Jinoyat ishlari bo’yicha Toyloq
tuman sudining raisi.

комментариев