
Unda mahalliy ijodkorlarlar, o‘qituvchilar hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbir avvalida A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi bosh mutaxassisi Zarina Latipova kutubxonaning nodir fondi haqida ma’lumot berdi. Shundan so‘ng SamDU tarix va manbashunoslik kafedrasi katta o‘qituvchisi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Muhammadixon Buzrukov O‘zbekiston tarixi, falsafa, manbashunoslik haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Tadbir yakunida ishtirokchilar bilan savol-javob tashkil qilinib, yoshlar o‘zlari uchun kerakli ma’lumotlarni oldilar.
комментариев