
22-umumta‘lim maktabida viloyat statistika boshqarmasi ro‘yxatga olish va jarayonlarni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i J. Karimov va mutaxassislari, Toyloq tuman hokimining ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta‘minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi F. Mirbabayev hamda Toyloq tuman statistika bo‘limi boshlig‘i A. Normuratovlar ishtirokida Toyloq aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish targ‘ibot-tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda qatnashchilar aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, ahamiyati va uni o‘tkazish nima uchun zarurligi to‘g‘risida to‘xtalib, hozirgi kunda ushbu tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berdi.
A.Normuratov
Tuman statistika bo‘limi boshlig‘i
комментариев