» » AHOLINI RO'YXATDAN O'TKAZISH SAVOLNOMASI VA UNING MOHIYATI

AHOLINI RO'YXATDAN O'TKAZISH SAVOLNOMASI VA UNING MOHIYATI

 Aholini ro'yxatga olish orqali faqat aholi haqidagi ma'lumotlarni emas, balki mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi tarkiblari haqida ma'lumotlarni olishga muvaffaq bo'linadi. Aholini ro'yxatga olish savolnomasida faqat demografik malumotlarni yig'ish bilan chegaralanib qolmaydi. Aholini ro'yxatdan o'tkazish savolnomasi aholi soni, yoshi, jinsi, milliy tarkibi, ma'lumot darajasi, nikoh holati, bandligi kabi bir qator ko'rsatkichlardan tashqari yashash sharoiti, daromadlar manbai va boshqa tavsiflari haqida ma'lumot olishning yagona manbai hamdir. Mustaqillik yillarida O'zbekiston Respublikasida Aholini ro'yxatga olish umuman o'tkazilmagan bolib, mazkur tadbir ilk marotaba o'tkazilayotganligini inobatga olib, tadbirga puxta tayorgarlik ko'rish va uni sifatli o'tkazish maqsadida 2023yilga o'tkazish belgilandi. So'nggi marta O'zbekiston Respublikasi hududida Aholini ro'yxatga olishning muvaffaqiyatli chiqishi aholini ro'yxatga olish davridan ushbu savolnomadagi savollarni mazmun mohiyatini to'gri tushunganlik darajasiga bog'liq. Hozirda Respublikamiz bo`ylab tushuntirish ishlari mahalliy matbuot, radio va televideniye orqali, maktablar, tashkilotlarda suhbat uyushtirish yoki ko'rgazmali tashviqot ishlari orqali amalga oshirilmoqda.

комментариев