
Tadbirda harbiy xizmatchilar orasida koʻp yillik oilaviy tajribaga ega boʻlgan oilalar ishtirok etishdi.
Ishtirokchilar kundalik hayotimizda uchraydigan illatlar, sharqona odob, qadriyatlarni namoyish etishga qaratilgan turli shartlar bo‘yicha bellashishdi.
Tanlov natijasiga koʻra, uchinchi oʻrin Yarkulovlar oilasining “Faol oila” va ikkinchi oʻrin Roʻziyevlar oilasining “Ishonch” jamoasiga nasib qilgan bo‘lsa, barcha shartlarda faolligi, bilimdonligi, ziyrakligi bilan boshqa jamoalardan ajralib turgan Marupovlar oilasining “Namangan gullari” jamoasi birinchi oʻringa munosib deb topilib, koʻrik-tanlovning respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi.

комментариев