
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi 206 –sonli qaroriga asosan bugun Toyloq tuman Madaniyat bo'limi badiiy jamoasi Farg'ona viloyatida gastrol safarida bo‘lib, bir qator konsert dasturlarini namoyish etdilar. Jumladan, "Samarqand kunlari" tadbiri doirasida Oltiariq tumani Madaniyat markazi zalida konsert bo‘lib o‘tdi. San’atkorlarimiz Namangan shahar istirohat bog‘ida bo‘ladigan "Gullar festivali"da konsert dasturi bilan ishtirok etadilar.
комментариев