
Xalqimiz, asalarini yetti xazinaning biri, deb hisoblaydi. Bu mitti hasharotning foydasi juda katta. Asalari zahri, suti, propolisi, gulchangi ko‘pgina xastaliklarga davodir. Mashhur olim Albert Eynshteyn shunday yozgan edi: «Asalarilar bo‘lmasa — o‘simliklar changlatilmasa — yegulik bo‘lmasa — odam ham bo‘lmaydi».

Xo‘sh, biz sevib iste’mol qiladigan bu shirinlik aslida qayerda va qanday yetishtiriladi? Asalarilar qayerdan olib kelinadi? Ular bir mavsumda qancha asal yig‘adi? Shu va shu kabi ko‘plab qiziqarli savollarimizgi Toyloq tumanidagi "Orzu-Olim-Dilmurod asallari" asalarichilik, naslchilik fermer xo‘jaligida o‘tkazilgan press-tur davomida batafsil javob oldik.
BATAFSIL
комментариев