O‘zbekiston XDP Toyloq tuman kengashi raisi hamda tuman Nuroniylar jamoatchilik kengashi a’zosi, faxriy ustoz Qahhor Nizomov 54-o‘rta maktab o‘qituvchilar jamoasi a’zolari bilan dildan suhbatlashib, o‘quvchilar uchun ochiq dars tashkil etdi. Bitiruvchi 11-sinfda fizikadan o‘tkazilgan mazkur qiziqarli mashg‘ulot o‘quvchi-yoshlarda unutilmas taassurot qoldirdi. Mashg‘ulot yakunida tajribakor-ustoz darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilarga badiiy kitoblar sovg‘a qildi
комментариев