Senat ishchi guruhi Toyloqda

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi Anvar Tuychiyev  hamda Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Bahrom Abdullayevlar boshchiligidagi ishchi guruh Toyloq tumanida bo'ldi. Mazkur ishchi guruhga  Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Saidahmad Usmonov hamrohlik qildi.

Dastlab ishchi guruh a’zolari Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi faoliyati bilan tanishib deputatlar, kotibiyat xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar, axboro texnologiyalari bilan jihozlangan xonalar hamda kengash faoliyatiga oid hujjatlar yuritilishi bo'yicha kotibiyat mutaxassislari bilan suhbat o'tkazildi. Kengashda deputatlarning hududlardagi masalalarni o‘rganishi, tahlil qilishi hamda nazorat faoliyatini samarali tashkil etishi uchun yetarli sharoitlar mavjudligi qayd etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram | 📹 Youtube

комментариев