2026-yil 18-fevral kuni Samarqand viloyatida voleybol bo‘yicha qizlar o‘rtasida U-15 “Samarqand Open – 2026” xalqaro turniri tashkil etildi. Musobaqada mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan jamoalar hamda qo‘shni davlatlar — Tojikiston va Qozog‘iston terma jamoalari ishtirok etdi. Turnir yuqori saviyada, murosasiz va qiziqarli bahslarga boy tarzda o‘tdi.🔸 Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — Nurobod qizlar terma jamoasi
🥈 2-o‘rin — Tayloq tumani OPSTTM qizlar jamoasi
🥉 3-o‘rin — Qozog‘iston qizlar terma jamoasi
🏆 4-o‘rin — Jizzax viloyati qizlar terma jamoasi
💠 Tadbir yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar tantanali ravishda diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Mazkur xalqaro turnir yosh voleybolchilar o‘rtasida tajriba almashish, do‘stlik aloqalarini mustahkamlash va sport mahoratini oshirishga xizmat qildi.
😎 O‘zbekiston Voleybol federatsiyasining ijtimoiy tarmoqlarini kuzatib boring. Sizlar uchun eng qaynoq yangiliklarni havola qilib boramiz🌐Sayt 😎 Instagram ▶️ YouTube
😎 Telegram 😎 Facebook

комментариев