» » Beklar mahallasida “Sochakipoyon FCB kubogi” futbol turniri muvaffaqiyatli yakunlandi

Beklar mahallasida “Sochakipoyon FCB kubogi” futbol turniri muvaffaqiyatli yakunlandi

Beklar mahallasida yoshlar o‘rtasida sportni keng targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash maqsadida 14–30 yoshlar o‘rtasida “Sochakipoyon FCB kubogi” havaskorlar futbol turniri o'tkazildi.
🏟 Musobaqada jami 32 ta jamoa ishtirok etib, bir necha hafta davomida murosasiz va qiziqarli bahslar olib borildi. Turnir 2026-yil 3-fevral kuni start olib, 25-fevral kuni final uchrashuvi bilan o‘z yakuniga yetdi.
Turnir g‘oliblariga homiylar tomonidan diplom va medallar, pul mukofotlari, shuningdek, tuman hokimligi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar,  bilan taqdirlandi.
👥 Taqdirlash marosimida Toyloq tuman hokimi Behzod Raxmatullayevich, DXX vakillari, tuman hokimining  yoshlar bo'yicha o'rinbosari J. Radjabov, Axborot-kutubxona markazi direktori F. Xafizov, Xonchorbog‘ MFY hamda Beklar MFY raislari, nuroniylar ishtirok etib, yosh sportchilarni samimiy tabriklab, kelgusidagi faoliyatlariga omad tilashdi.
🤝 Ushbu turnir Yoshlar yetakchisi Mamurjon Nematov tashabbusi bilan yoshlar o‘rtasida sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda do‘stlik va birdamlik muhitini mustahkamlashga xizmat qildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram | 📹 Youtube

комментариев