» » ​​​​Sarishtalik ko‘ngildan boshlanadi

​​​​Sarishtalik ko‘ngildan boshlanadi

  Tuman markazidagi shinamgina bankomatlardan biriga kirdim. Oynavand ishlangan xona ichida o‘rnatilgan sovutgich tanni yayratadi. Ikkita bankomat "soatday" bexato ishlab turibdi. Qulaylikdan mamnun bo‘ldim-u, shundoqqina oyoq ostida sochilib yotgan chek qog‘ozlari uyumi ta‘bimni xira qildi. 
   Biz insonmiz. Yaratgan bizni oliy ong va farosat bilan siylagan, biroq o‘sha farosatni ishlatish o‘zimizga bog‘liq. Chekni chiqarishga chiqarib, oyoq ostiga tashlab ketaveradigan "farosatlilar" bu bilan o‘zlarining kimligini, qanday oilada, qanday insonlar davrasida ulg‘ayishganini shundoqqina bildirib turishganlarini nahot anglamaslar?! Chek kerak bo‘lsa chiqaring va uni o‘zingiz bilan olib keting, chekning darkori bo‘lmasa "chek shart emas" tugmasini bosib qo‘yish kiyofaku. Madomiki, chekni chiqaribsizu uning zarurati bo‘lmasa, marhamat tayyor o‘rnatilgan maxsus idishga tashlang, oyoq ostiga emas...
  Xullas, sarishtalik, avvalo, ko‘ngildan, oila ostonasidan olingan tarbiya zohirida nish uradi. 
Iltimos, jamoat joylarida "betakror tarbiyangiz"ni namoyish qilmang.

   Madad BURXON
Mustaqil jurnalist

комментариев