BAHS-MUNOZARAGA BOY TADBIR

Butunjahon tozalik kuni munosаbati bilan 21-maktabda seminar-trening bo’lib o’tdi.

Hozirgi kunda Yer sayyorasida, yer ustida, suvlarda axlatlar shu darajada ko’payib ketganki, bu chiqindilar sivilizatsiyaga o’zgarishlar bo’lishiga olib bormoqda. Bu muammolarni yechimini topish o’quvchilarga havola etildi.
 Tadbir bahs-munozaralarga boy bo’ldi.
 Bir martalik idishlardan kamroq foydalanish, qog‘ozlardan to’g’ri foydalanish, chiqindilarni maxsus joylarga tashlash, atrof-muhit tozaligiga e’tiborli bo’lish muammoning yechimi deb topildi.
Bu kabi tadbirlar har bir o’quvchini tabiatga e’tiborli bo’lishga undaydi.

Bahora AZIMOVA, 
21-maktab o'qituvchisi.

комментариев