» » Sambochi qizimiz Jahon chempionatida sovrindor

Sambochi qizimiz Jahon chempionatida sovrindor

Shu yilning 15-17-oktyabr kunlari o'tkazilayotgan Sambo bo'yicha yoshlar va qizlar o'rtasida jahon chempionati  Gretsiya davlati mezbonligida davom etmoqda. Ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston sambo delegatsiyasi ichida Toyloq olimpiya zaxiralari kolleji bitiruvchilari Abdumo'minova E'zoza hamda Normamatov Bektemirlar ishtirok etishmoqda.
Bahslarning 2-kunida sportchi qizimiz Abdumo'minova E'zoza 47 kg vaznda Isroil, Amerika qo'shma shtatlari hamda Qozog'istonlik raqiblarini mag'lubiyatga uchratib final sari yo'l oldi. Finalda Rossiyalik tajribali raqibiga imkoniyatni boy berib faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritib, kumush medal sohibasiga aylandi. 
Sportchi qizimizni hamda ularning murabbiylarini ushbu yuksak g'alabalar bilan qutlab qolamiz.

комментариев