» » Zilzilani oldindan bilish mumkinmi?

Zilzilani oldindan bilish mumkinmi?

Zilzila tabiatdagi eng dahshatli hodisalardan biri hisoblanadi. Mutaxassislarning fikricha zilzilanining asosiy sababi yer poʻsti shaklining oʻzgarishi, xususan bukulishi, koʻtarilishi va pasayishidir. Yer poʻsti shaklining oʻzgarishi jarayonida yer bagʻrida oʻta yuqori kuchlanishlar toʻplanadi. Natijada yer poʻstining ayrim qismlari uzilib, har tarafga tarqaluvchi seysmik toʻlqinlar tarzida nihoyatda katta energiya ajralib chiqadi, biz uni zilzila yaʻni yer yuzasining boʻylama va koʻndalan tebranishlari tarzida sezamiz.Zilzila tirik organizmlarga turlicha taʻsir etadi. Koʻpgina hayvonlar ayrim tabiiy hodisalarni eng takomil asboblardan yaxshiroq va aniqroq sezadi.
Ular chunonchi zilzila, toshqin, dengiz poʻrtanalari kabi tabiiy ofatlar yaqinlashib kelayotganligini bexato sezishadi.
Ingliz olimi T. Goldning “Nyu Sayentist” ilmiy jurnalida bosilgan gʻalati xabarida hayvonlar va baliqlar yer poʻstining sezilarli silkinishlari paydo boʻlishidan ancha ilgari yer bagʻridan chiqadigan gazlar, xususan, metanning hidini sezib, zilzila arafasida bezovtalanadilar, deb taʻkidlangan.
1948 yili Ashxoboddagi toʻqqiz balli zilziladan ikki soat oldin ot zavodidagi otlar qochishgan. Ularni tutib, yaʻna joylariga bogʻlab qoʻyishgan ekan. Falokat roʻy berishiga oʻn besh minut qolganda ular yaʻna orqanni uzib darvozani buzib, har tomonga tumtaraqay qochishgan. Oradan koʻp oʻtmay yer larzaga kelib, otxona bosib qolgan. Oʻsha zilzila oldindan koʻpincha ilonlar va kemiruvchilarning inlarini tashlab, butazorlarga yashiringanligi ham maʻlum.
Bir kuni Turkmanistonning masʻul xodimlaridan birining huzuriga uch-toʻrtta oqsoqol tashrif buyuribdi.
maʻsul xodim salom-alikdan soʻng soʻrabdi;
-tinchlikmi oʻzi?
-yer qimirlaydi; Xalq boshiga katta falokat tushishi xavfi bor.
-Nimaga asoslanib bunday deyapsizlar?
-Ilon va kaltakesaklar inlarini tark etib yer yuzasiga chiqib olibdi. Bu hodisa yer qimirlashning ishonchli belgisi.
Darhaqiqat, ikki kun oʻtgach, yaʻni 1948 yil 6 oktyabrda mahalliy vaqt bilan soat 1 dan 12 minut oʻtganda Ashxobod zamini dahshatli larzaga keldi.
Zilziladan bir-bir yarim soat oldin chumolilarham uyasidan duvillab chiqib, har tamonga tarqalib ketishgan.
Kuchli zilzilalar jumladan Ashxobod, Toshkent va gazli zilzilalar arafasida uy hayvonlari, xususan itlarning bezovtalanganligi  koʻpchilik kuzatgani maʻlum.
  Baliqlar tabiiy ofatning ishonchli darakchilari ekanligi taʻkidlangan Mutaxassislarning fikricha, zilzila oldindan atmosferada vujudga keladigan musbat zaryadlangan ionlar nerv garmoni ajralishiga sabab boʻladi: bu oʻz navbatida, hayvonlarning markaziy nerv sistemasiga taʻsir etadi, zilzila oldindan hayvonlarning kuchli bezovtalanishiga sabab shudir.
  Qushlarning ham zilzila oldidan qattiq bezovtalanishi kuzatilgan.
1980 yil 11 dekabrda Nazarbek zilzilasi roʻy berishidan oldin toʻsatdan besaranjom boʻlib, qolganlar ayniqsa toʻtiqushlar qafasidan chiqmoqchi boʻlib oʻzlarini qafas devoriga urganlar. Qushlar titrab, qanotlari dirillab hayajonli ovoz chiqara boshlaganlar.
Uy bekasi 1966 yildagi Toshkent zilzilasidan oldin qushlarning bezovtalanganligini eslab “Zilzila boʻladiganga oʻxshaydi” degan.
Koʻp oʻtmay yer ostidan kuchli zarba boʻlgan.Toshkentlik kaptar ishqibozining ham 40 ziyod kaptari har safar yer silkinishidan oldin pitirlashib, inidan uchib chiqishaverishgan.
  1867 yili Yava orolida bir kuni xoʻrozlar bevaqt va hayojon bilan qichqira boshlaganlar oradan koʻp oʻtmay kuchli yer qimirlashi qayd etilgan.
Nemis tabiatshunos-olimi va sayyohi A. Gumboldt XIX asr boshlarida janubiy Amerikadagi Orinoko daryosi sohilida roʻy bergan zilzila vaqtida gʻalati hodisaning guvohi boʻlgan! yer qimirlashi arafasida timsohlar qirgʻoqqa chiqib olib, to zilzila tugamaguncha suvga qaytmaganlar.
Baʻzi hayvonlar vulqon otilishini ham oldin sezadilar. 1950 yili qishda kamchatkada Bezimyanniy vulqoni otilganda birorta ham ayiq nobud boʻlmagan. Chunki qishqi uyquda yotgan ayiqlar falokat roʻy berishidan oldin inlarini tashlab, bexavotir joyga qochib ulgurganlar. Demak toʻp otilganda ham qishgi uyqusidan uygʻonmaydigan ayiqlar boʻlajak vulqon otilishini sezishgan.
Baʻzi oʻsimliklar gullar ham vulqon otilishini oldindan sezar ekan, Yava orolidagi vulqonli togʻ yonbagʻirlarida oʻsuvchi navroʻzgul shunday gullar toifasiga kiradi. U boshqa gullardan farqli oʻlaroq, faqat vulqon otilishi arafasida gullaydi. Mahalliy aholi “Zilzila guli” deb ataladigan bu oʻsimliklar gullashi bilanoq koʻch-koʻronini koʻtarishga tushadi.
     Zilzila va vulqon otilishi natijasida ultratovush maydoni vujudga keladi. U oʻsimlik qiltomirlaridagi suyuq moddaning xarakatini tezlashtirib navroʻzgulning gullash uchun imkoniyat tugʻdirar ekan.
  Sh.Xudoyqulov  
   Toyloq tuman FVB FVDT va FM boʻlinmasi boshligʻi katta  leytenant
.

комментариев