O‘tkazilgan o‘quv mashg’uloti saf ko’rigi nazariy va amaliy qismlarda tashkil etildi. Tumanning 83 nafar FVDQT xizmatlari xodimlari hamda 12 ta texnikalari saf ko’rigini o’tkazish uchun to’plandi.
Tadbirni tuman boshlig’i, mayor A.Ochilovning kirish so’zi bilan ochilib, Samarqand viloyati FVB mas’ul xodimi kapitan Sh.Qayimovning Quturish kasalligini oldini olish va uni o’choqlarini bartaraf etishda FVDQT xizmatlarining vazifalari va harakatlari to’g’risidagi so’zi tinglanib, so’ngra ma’ruzachilar Toyloq tuman SEO va JS bo’limi epidemilogi Sh.Ochilova, tuman Veterinariya bo’limi epizotologi R.Xaydarov, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo’limi boshlig’ining ma'ruzalari tinglandi. Amaliy qismda TTBga qarashli Baxshitepa OSHP xodimlari guruhli jarohatlanganlarga birinchi tibbiy tez yordam berish tartibi, qarovsiz hayvonlarni tutish maxsus bo’limi qarovsiz itlarni tutish va yo’qotish usullari hamda Bekkari chuquridan foydalanish tartibi,
tuman Veternariya bo’limi xodimlari kasallikga gumon qilingan it jasadi aniqlangan hududlarda o’tkaziladigan tadbirlar va qoidalar ko’rgazmali mashg’ulot orqali ko’rsatib o’tildi.
Toyloq tumani hududida odamlar va hayvonlar o‘rtasida quturish kasalligini tarqalishini oldini olish bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘rgazmali maxsus taktik mashg‘ulotida tuman FVDQT xizmatlarining shaxsiy tarkibi soni 83 nafar kishi va 12 ta texnika hamda Toyloq tuman TTBga qarashli Baxshitepa OSHP ning 10 ta ishchi xodimlari qatnashdi.
SH.Xudoyqulov
Toyloq tumani FVB FVDT va
FM boshlig‘i, katta leytenant.
комментариев