» » Toyloqda "Eng yaxshi xotin-qizlar faoli" aniqlandi

Toyloqda "Eng yaxshi xotin-qizlar faoli" aniqlandi

Tumandagi 50 ta mahallalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollari o‘rtasida "Eng yaxshi xotin-qizlar faoli" Respublika tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tanlovda tumandagi eng namunali 6 ta mahallaning xotin-qizlar faollari o‘zaro bellashishdi.  
     Yakuniy natijalarga ko‘ra, Bog‘ichinor MFY faoli Yaxshiboyeva Mahbuba g‘olib bo‘ldi va viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
2-o‘rin Ukrach MFYdan Yuldosheva Shahzodaga, 3-o‘rin esa Chorbog'tepa MFYdan Ochilova Mohidilga nasib etdi.
Tanlov g‘oliblari hamda 6 nafar faol ishtirokchi tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan faxriy yorliq va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 
Ma’lumot uchun, tanlovning respublika bosqichi 1-, 2-, 3-o‘rin g‘oliblari “Prezident sovg‘asi” – “Gentra”, “Kobalt”, “Spark” avtomobillari bilan taqdirlanishadi.

комментариев