MAROQLI TADBIR

23-umumta'lim maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchilar fan oyligi munosabati bilan maktabda turli xil tadbirlar va ochiq darslar tashkil qilindi. Jumladan 1-"B"sinf o'quvchilari tomonidan tayyorlangan "Mehrjon bayrami" o'quvchilarga katta taassurot qoldirdi.Ular turli kuzgi meva va sabzavotlar ko'rgazmasi tashkil qilish bilan birga obrazlarga kirib ularning xususiyatlarini va foydali jihatlarini she'rlar orqali aytib berishdi. Shu bilan birga o'quvchilar tomonidan ajoyib raqslar ham ijro etildi.
Shuningdek, oylik doirasida o'qituvchilar turli dars o'tish metodlarini hamkasblari bilan ham o'rtoqlashib borishmoqda. Maktabning tajribali o'qituvchilaridan biri Mohidil Boboyorovaning qiziqarli dars o'tish usullari ko'pchilik hamkasblariga ma'qul bo'ldi.

комментариев