Baxtli yashash formulasi

Bugun 21-maktabda maktab psixologlari Dilfuza Shodiyeva, Nilufar Xalilova va yosh umidli psixolog Abbosali Umarov tomonidan tashkil etilgan trening mavzusi “Stressni tark etish. Baxtli yashash formulasi” dolzarb mavzulardan bo’lganligi uchun juda qiziqarli va mazmunli bo’lib o’tdi.
  Psixologlar tomonidan berilgan shartlar o’qituvchilarning mehnat faoliyati, shaxsiy xislatlari va bor imkoniyatlarini yanada namoyon etishga qaratilgan bo’lib, bundan barcha ishtirokchilar mamnun bo’lishdi. Asosiysi trening oxirida barcha o’qituvchilar naqadar baxtli, naqadar keng imkoniyatlar egasi ekanliklarini his etdilar va bu imkoniyatlardan samarali foydalanish motivatsiyasini oldilar.

Baxora Azimova

комментариев