BAHORDAGI SEHRLI TUSHLAR

      Bugun tumandagi axborot kutubxona markazida marhum Bozor Suyun (Bozorboy Joraqulov)ning yuqoridagi nom ostida chop etilgan kitobining taqdimoti bo'lib o'tdi.
       Tadbirda Respublika ma'naviyat va ma'rifgat markazi Toyloq tuman bo'linmasi mutaxassislari A.Usmonov va Sh.Juraqulov, Tuman IIB xodimlari leytenant F.Nosirov, leytenant Sh. Jabborov, axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda 37-maktabning yigit-qizlari ishtirok etdilar.  Tadbirda shoirning she'rlaridan o'qib eshittirdilar. Bozor Suyunning farzandi Ruxsorabonu Suyunova shoir otasining ushalmagan armonini ro'yobga chiqarish niyatida uning she'rlarini to'plab tuman hokimligining ko'magi bilan kitob shakliga keltirdi. Bozor Suyunning she'rlariga sirtdan qaraganda g'amginlik dardchillik yaqqol bo'rtib turgandek taassurot uyg'otsada, satrlarning botinidan shoirning o'zi samimiy va beg'ubor termulib turgandek, go`yo.

Kanalga obuna bo‘ling: ?
@qushchinor_uz

комментариев