» » Toyloqda 7 ta mahalla binosi foydalanishga topshirildi

Toyloqda 7 ta mahalla binosi foydalanishga topshirildi

Ramazon hayiti arafasida ochilgan mahalla binolari aholiga chinakam bayram sovg‘asi bo‘ldi.
     2022 yilda “Tashabbusli byudjet” elektron platformasi orqali g‘olib deb topilgan 7 ta mahalla binolari uchun jami 2,84 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan. Mazkur mablag‘ evaziga tumandagi Sochak, Qo‘shchinor, Beklar, Nurafshon, Xo‘jaqishloq, Yangi hayot va O‘zbekiston mahalla binolari yangidan qurilib, mahalla faollari uchun munosib sharoit yaratib berildi.
    Ochilish marosimlaida ishtirok etgan Samarqand viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i I.Jabborov va tuman hokimi B. Bobonazarovlar mahalla ahlini hayit bayrami, qolaversa, mahallaning yangi binosi bilan qutlab, mahalla yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, yoshlar orasida milliy va ma’naviy qadriyatlarimizni targ‘ib etish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, oila mustahkamligini ta’minlashda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

комментариев