«YOSH BILIMDONLAR BELLASHUVI»

4-umumta’lim maktabida  rus tili o‘qituvchisi Dilorom Yunusova tomonidan o‘quvchilar  o‘rtasida «Yosh bilimdonlar bellashuvi» intellektual  o‘yini o‘tkazildi. Guruhlar tanishtiruvi, tezkor savollar, «Zakovat sandiqchasi», mantiqiy savollar, o‘zbek, rus va ingliz tilidagi she’rlarni ifodali o‘qish, erkin mavzu kabi  shartlar asosida o‘tkazilgan bellashuvda iqtidorli o‘quvchilar o‘z bilim va mahoratlarini  namoyish etishdi. Yakunda 7-«A» sinfining «Future leaders» jamoasi g‘oliblikni egallab,  150 ming so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.Keyingi sovrinli  o‘rinlarni egallagan  7-«G» sinfining «Umniye deti» hamda 7-«V» sinfining «Molodыye zvezdы» jamoalari mutanosib ravishda 100 ming so‘m va 50 ming so‘m pul mukofotlarini qo‘lga kiritishdi. Musobaqada faol qatnashgan 7-«B» sinfining «Budushiye pokoleniya» jamoasi  ham rag‘batlantirildi.

комментариев