» » MAKTABLARGA PRЕZIDЕNT SOVG‘ALARI YETKAZIB BЕRILDI

MAKTABLARGA PRЕZIDЕNT SOVG‘ALARI YETKAZIB BЕRILDI

Yana bir necha kunlardan so‘ng yangi o‘quv yili boshlanadi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2024-2025-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida "Salom bog‘cha", maktablarda "Birinchi qo‘ng‘iroq", "Mustaqillik darsi" tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiya hamda namunaviy senariy ishlab chiqildi.       
Tumandagi 61 ta umumta’lim maktabi mavjud. Yangi o‘quv yilida ushbu maktablarning 1-sinfiga 4410  nafar o‘quvchi qabul qilinishi ko‘zda tutilgan. Ayni kungacha 4100 nafar bola maktablarning boshlang‘ich sinflariga qabul qilingan. Bugungacha adm.maktab.uz platformasi orqali qabul qilingan 1-sinf o‘quvchilariga "Prezident sovg‘alari" to‘liq yetkazib berildi.

комментариев