
“Pomidor sayli” doirasida turli nominatsiyalar bo’yicha tanlovlar e’lon qilingan bo’lib, tadbir davomida g’oliblar taqdirlandi.

Jumladan, “Eng yaxshi bezatilgan pavilion” nominatsiyasi bo’yicha Bulung’ur tumani 1-o'rin, Jomboy tumani 2-o'rin, Toyloq tumani esa 3-o’rinni qo’lga kiritdi.

Shuningdek, bulung’urlik Qulmatov Jomonqul “Eng namunali tomorqachi”, Islomov Sirojiddin “Eng namunali fermer”, deb topildi.
Shuningdek, “Pomidor sayli"da faol qatnashgani uchun tashakkurnoma”, “Eng namunali qayta ishlovchi tashkilot” kabi yo’nalishlar bo’yicha ham g’oliblar taqdirlandi.
комментариев