» » Deputat saylovchilar bilan uchrashdi

Deputat saylovchilar bilan uchrashdi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashi deputati Mo‘tabar Yo‘ldosheva madaniyatlik saylovchilar muammolariga quloq tutdi.  Hududda aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rgandi.  Shuningdek,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati haqida ham gapirib voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan jinoyatchilikni oldini olish,  farzandlar taqdiriga befarq bo‘lmaslikka chaqirib qoldi.
Shuningdek, tadbirda qatnashgan tuman IIB xodimlari, Milliy gvardiya xodimilari, mahalla uyushmasi tuman hokimligi vakillari Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari Z. Avazov ham qaror mazmun-mohiyati haqida atroflicha gapirib o‘tdi.

комментариев