» » Toyloqda sog‘lom turmush tarzi — 5000 qadamdan boshlanadi

Toyloqda sog‘lom turmush tarzi — 5000 qadamdan boshlanadi

Aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish va jismoniy faollikni oshirish maqsadida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtai nazardan, kundalik hayotda kamida 5000 qadam yurish tavsiya etiladi.

Bu orqali:
 • yurak-qon tomir tizimi faoliyati yaxshilanadi,
 • moddalar almashinuvi faollashadi,
 • stress darajasi kamayadi,
 • tana vazni me’yorlashadi,
 • umumiy salomatlik holati mustahkamlanadi.

 Bugun erta tongda Toyloq tuman hokimligi va tashkilotlar rahbar va xodimlari, tumandagi mavjud 50 ta mahallalarda sog’lom turmush tarzini keng targ’ib qilish, aholi salomatligini mustahkamlash maqsadida  "Dolzarb 90 kunlik" tadbiri doirasida "Sog’lom hayot uchun 5000 qadam"  yurish tadbirlariga start berildi. Jarayonda o’z sog’ligiga befarq bo’lmagan yoshlar, nuroniy otaxon va onaxonlar faol ishtirok etdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
Telegram / Facebook / Instagram / Web Sayt

комментариев