
Toyloq tumanida mahallalarni obodonlashtirish va aholi turmush tarzini yaxshilash borasidagi rejali ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Jumladan, turli loyihalar asosida ichki yo‘llar ravon holga keltirilib, birma-bir taʼmirlanyapti.
✅Xususan, tashabbusli byudjet loyihasi doirasida ham bir qator mahallalarning ichki yo‘llariga asfalt qoplamasi yotqizildi.
📍Birlik mahallasining ahil aholisi ham ushbu ochiq byudjet loyihasida g‘olib bo‘lishganligi tufayli, ayni damda mahalla ichki yo‘lining qariyb 2,5 kilometrdan ortiq masofasiga asfalt yotqizish ishlari boshlab yuborildi.✅Mazkur loyiha qiymati esa, 1 milliard 221 million so‘mdan ortiqroq deb baholangan.

комментариев